Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov olib bordi. Unda kun tartibidagi bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan 2026 yil fevral oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq filialning «2025-2026-o‘quv yili kuzgi yakuniy davlat imtihoni natijalari va keyingi bahorgi yakuniy davlat imtihonda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida» Registrator ofis boshlig‘i D.Nurishovning, «Filialda ijro intizomining bajarilishi va Edo.Ijro.uz intizomining nazorat oynasiga kelib tushgan topshiriqlar haqida» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi mutaxassisi A.To‘remuratov, shuningdek, «Xotin-qizlar kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida» Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kalillayevalarning hisobotlari Kengash a’zolari tomonidan tinglandi.

Shuningdek, Kengash yig‘ilishi yakunida filial faoliyatiga oid joriy masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.