Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Rassom talabalar bilan uchrashdi

Respublikamizda yoshlarga oid islohotlarning samaradorligini oshirish, ularning qiziqishlari va istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar, innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Ijod zavqi» loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

 Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i, san’atshunos, rassom Utegenova Ulbosin Baltabaevna ishtirokchilarga mamlakatimizda yoshlarga hukumat siyosati darajasida qaratilayotgan e’tiborga to‘xtalish bilan birga, san’atning, ayniqsa, rassomlarning inson ta’lim-tarbiyasiga, uning har tomonlama dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib shakllanishida o‘rnining ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidladi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

So‘ng tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan olib kelingan suratlarni tomosha qildi.

Filialda «Ijod zavqi» loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv talaba-yoshlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.