Talabalar soha mutaxassislari bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «1-mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» doirasida soha mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘iga Atabek Menglimuratov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

Unda so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi A.Aybergenov, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi mutaxassisi A.Allanazarov va shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi sanitariya vrachi M.Qaniyazovalar talabalarga qo‘mitaning faoliyati davomida iste’molchilar huquqlarining buzilish sabablarini tahlil qilish, iste’molchilar bozorini o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya bo‘limi tomonidan qilingan va qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.