Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Xabaringiz bor, Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora, tashkilotlar va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘lishi belgilangan edi.

Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori, professor B.Erimbetov bugungi kunda prezidentimizning bevosita rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib yetishishi uchun olib borilayotgan islohotlar, ularning ta’lim olishi, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng talabalarning o‘quv jarayonida duch kelayotgan muammolari va ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

Tadbirda filial direktori Prezident va nufuzli davlat stipendiyasi g‘oliblariga guvohnomalarni topshirdi.

Filial Matbuot xizmati.