Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tadbirda talabalar tibbiy va huquqiy bilimlarini oshirdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarga oid islohotlar samaradorligini oshirish, ularning qiziqishlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar, innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

So‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Salomatlik va strategiya rivojlanish instituti hamda Respublika narkologiya dispanseridan kelgan mutaxassislar talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni turli huquqbuzarliklar va jinoyatlardan himoya qilish, tibbiy jihatdan har tomonlama sog‘lom, barkamol insonlar bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar va bu borada qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli soha mutaxassislaridan javoblar oldi.

 

Filial Matbuot xizmati.