«Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

Bugun 26 mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar kuni» doirasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Unda filial direktori, professor B.Erimbetov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning filial hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

«Direktor va yoshlar» uchrashuvi davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirish, ularni qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.