Talabalar o‘zaro sport musobaqalarida bellashdi

Talaba-yoshlarni o‘z xalqiga, ona-Vataniga sadoqat va yuksak harbiy ruhda tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning harbiy-texnik va amaliy turlarini keng ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Amir Temur vorislari» harbiy-sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada filial talabalari orasidan eng kuchli sportchilar ishtirok etdi. Ular o‘zaro sportning joyidan turib uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish va granata uloqtirish shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.