Sohibqiron tavalludi keng nishonlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni, uning bunyodkorlik faoliyati hamda boy ma’naviy merosi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda Amir Temur siymosining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida tarixchi olimlar tomonidan Sohibqironning harbiy san’ati, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida mazmunli ma’ruzalar qilindi.

Filial Matbuot xizmati.