Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Haftalik doirasida talabalar kutubxonaga sayohat uyushtirdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Axborot-resurs markazi mutaxassislari va talaba-yoshlar bilan hamkorlikda «Kitobxon millat» shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markaziga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida filial professor-o‘qituvchilari, Axborot-resurs markazi mutaxassislari va talaba-yoshlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq shoiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali sohibi Abilqosim O‘tepbergenovning 75 yubileyi munosabati bilan o‘tkazilayotgan «Qoraqalpoq she’riyatining odil kuychisi» nomli adabiy kechaga qatnashdi va shoirning hayoti va ijodi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilarda yaxshi taassurotlar qoldirdi va ularning ma’naviy dunyosining yanada boyishiga zamin yaratdi.

Filial Matbuot xizmati.