Filialning qizlar jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida «To‘maris izdoshlari» sport musobaqasining oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlarining talaba qizlari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-qizlaridan tuzilgan jamoa a’zolari ham ishtirok etdi.
Musobaqada ishtirokchilar jamoani tanishtirish, birinchi tibbiy yordam, kamondan o‘q otish, velosiped haydash, belgilangan masofaga yugurish va boshqa shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Nukus filiali jamoasi 1-o‘rin, Nukus davlat texnika universiteti jamoasi 2-o‘rin va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi 3-o‘rinni egallab, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.