Talabalarning huquqiy bilimlari takomillashtirildi

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining huquqiy bilimlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida «Targ‘ibot poyezdi» loyihasi Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib kelgan edi.

Ushbu loyiha doirasida bugun Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga yetib keldi va filial talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi.

So‘ngra so‘zga chiqqan targ‘ibot guruhi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarga oid islohotlarning samaradorligini oshirish, ularning qiziqishlari va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar, innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar dasturi, kiberjinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.

Loyiha doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari filial talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi va g‘olib talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.