Talabalar va professor-o‘qituvchilar muzeyga tashrif buyurdi

18 may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda shahrimizda joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi sayohatga bordi.

U yerda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari xalqimizning boy tarixiy madaniy merosi, ajdodlarimizning uy-ro‘zg‘or va zargarlik buyumlari bilan yaqindan tanishdi.

Bu eksponatlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga muzey xodimlaridan batafsil tushuntirishlar oldi.

Filial Matbuot xizmati.