Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Karyera kuni» – mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalarning doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash maqsadida «Karyera kuni» – mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va barcha filial talabalarini doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan «Karyera kuni» – mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mehnat yarmarkasiga filialda tahsil olayotgan talabalar muassasa-korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdi.

Filial Matbuot xizmati.