O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialiga keldi

Rektor xizmat safarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining 2025-2026-o‘quv yili yakunini o‘rganishdan boshladi. Bu bo‘yicha filial direktori B.Erimbetov, direktor o‘rinbosarlari, «Registrator ofisi» boshlig‘i va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘tkazilayotgan imtihonlarning ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tishini to‘liq ta’minlash, kelgusi o‘quv yiliga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, talabalarning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish va yangi o‘quv yiliga abituriyentlarni qabul qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Bu bo‘yicha filial rahbariyatiga o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

So‘ng rektor O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali qurilishi boshlanayotgan 400 o‘rinli «Talabalar uyi»ning qurilish ishlari bilan tanishdi.

Tanishuv davomida «Talabalar uyi»ning har tomonlama zamonaviy talablarga javob beradigan va sifatli qilib qurib bitkazilishini ta’minlash bo‘yicha filial direktoriga o‘zining fikr-takliflarini berdi.

Filial Matbuot xizmati.