FILIAL TALABALARI DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-mart kuni «Oliy o‘quv yurtlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi 149-sonli qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qaror asosida grantga talabgor talabalar 2026-yil 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshiradi.
Bunda talabgor talabalar;
– 2025-2026-o‘quv yilidagi kuzgi va bahorgi semestrlardagi fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan, GPA (Grade Point Average) ko‘rsatkichlari 3,5 va undan yuqori bo‘lishi shart;
– agar talabgor talabalar 2025-2026-o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlaridagi fanlardan akademik qarzdor bo‘lsa (kreditni to‘play olmasa), GPA (Grade Point Average) ko‘rsatkichlari 3,5 dan past bo‘lgan holatda tanlovda qatnasha olmaydi;
– ushbu semestr vaqtida turli sabablarga ko‘ra (sog‘lig‘i yoki tashkil etilgan musobaqalar) yakuniy nazoratlarga qatnasha olmagan talabalar 2026-yil 5-iyulgacha shaxsiy jadval asosida fanlarni o‘zlashtirib ijobiy natijalar ko‘rsatsa grant tanlovida ishtirok etishi mumkin;
Filial Matbuot xizmati.