Jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2026-2027-o‘quv yiliga «Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi haqida» ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida filial direktori, qabul komissiyasi raisi Bayrambay Erimbetov ommaviy axborot vositalari vakillariga 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi, filialda mavjud mutaxassisliklar, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bo‘lib o‘tadigan joylari, baholash mezonlari, qanday abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball berilishi haqida ma’lumotlar berdi.
Jurnalistlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
So‘ng filial direktori jurnalistlarni «27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan filial faoliyatini keng jamoatchilikka tezkor tarzda yetkazishda yaqindan yordam berib kelayotgan soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi va ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.
Filial Matbuot xizmati.