Filialda “Direktor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora, tashkilot va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi ta’kidlangan edi.
Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Direktor va yoshlar” uchrashuvi shahrimizdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida filial direktori talabalarga mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning sifatli ta’lim olishi hamda doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanishiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi va muzeyda saqlanayotgan qadimiy va zamonaviy tarixiga oid arxeologik topilmalar, milliy kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, amaliy san’at namunalari, qadimiy qurol-aslahalar, zargarlik buyumlari hamda xalqning urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi eksponatlarining yaratilish tarixi, ularning xalqimiz hayoti va madaniyatidagi o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Sayohat davomida talabalarga muzey eksponatlarining yaratilish tarixi, ularning xalqimiz hayoti va madaniyatidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Bu esa yoshlarning tarixiy va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Uchrashuvda filial direktori yoshlarning murojaat va takliflarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab oldi.

Filial Matbuot xizmati.