Talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» innovatsion tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun 29 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-qizlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va qobiliyatlarini namoyish etishga xizmat qiladigan «IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» innovatsion tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-qizlarni IT, axborot texnologiyalari, robototexnika kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ularni zamonaviy kasblarga qiziqtirish, innovatsion faoliyatga yo‘naltirish va yangi g‘oyalarini amalga oshirish. Shuningdek, mexatronika va robototexnika yo‘nalishlariga keng jalb qilish, ularning innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tadbirda filial direktorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Kalillayeva tanlov ishtirokchilariga talaba-qizlarning texnologik va innovatsion qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar o‘zlarining zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilimlari, ijodiy yondashuvi va innovatsion g‘oyalarini namoyish etdi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan talaba-qizlar munosib rag‘batlantirildi. G‘olib va sovrindorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Filial Matbuot xizmati.