Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial ishchi-xodimlar o‘rtasida “Zakovat quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ishchi-xodimlar o‘rtasida “Zakovat quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

 

 

Intellektual o‘yinni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Xo‘jametov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga oid savollarga javob berib, o‘zlarining bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlik muhim omil bo‘ldi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar bilim, topqirlik, mantiqiy fikrlash va tezkorlik borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi.

Filial Matbuot xizmati.