Filialda «Startap loyihalar: ğoyadan tayyor biznesgaça» mavzusida uçraşuv bölib ötdi

Filial talabalariga innovatsion ğoyalarini startap loyihalariga aylantiriş, ularni moliyalaştiriş manbalari, tanlovlar va amaliyotga tatbiq etiş mexanizmlari böyiça tuşuntiriş va amaliy tavsiyalar beriş maqsadida «Startap loyihalar: ğoyadan tayyor biznesgaça» mavzusida talabalar bilan uçraşuv bölib ötdi.

Tadbirni filial direktorining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça direktor örinbosari Islambek Mambetnazarov oçib berdi va iştirokçilarni taşrif buyurgan mehmonlar bilan taniştirib ötdi.

Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi M.Alimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi IT Park Startap menejeri Ş.Otemisov va «Nukus yoşlar texnoparki» Innovatsion loyihalar böyiça yetakçi mutaxassisi N.Kalbayevalar yoşlarning startap loyihalari bazasini şakllantiriş, istiqbolli innovatsion ğoyalarni aniqlaş va ularni inkubatsiya jarayoniga jalb qiliş, «new.startupbase.uz» platformasidan foydalanişni ommalaştiriş, platformadagi mentorlik va loyihalarni rivojlantiriş imkoniyatlari bilan talabalarni taniştirdi.

Tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial matbuot xizmati.