Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabasi Eronda o’tkazilgan xalqaro turnirda sovrindor bo’ldi

Joriy yilning 13-20-yanvar kunlari Eron davlatining Xuzestan shahrida gandbol bo’yicha 2002-2004 yillarda tug’ilgan yoshlar o’rtasida xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Turnirda shu yosh toifasida dunyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etdi.

O’zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxalikovning xabar berishicha, mazkur nufuzli musobaqada qatnashgan mamlakatimiz terma jamoasi o’z irodasini namoyish qilib, shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilishga muvaffaq bo’lgan. Eron davlatida bo’lib o’tgan gandbol bo’yicha xalqaro turnirda qatnashgan mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari qatorida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining Sport faoliyati: gandbol yo’nalishi 1-bosqich talabasi Jasurbek Qongiratbaev ham qatnashdi va turnir davomida faollik ko’rsatdi.

Bu bilan o’zbekistonlik gandbolchilar 2022 yildagi ilk xalqaro musobaqasini katta yutuq bilan boshlab, muxlislarga quvonchli lahzalarni tuhfa etishdi.

Filial Matbuot xizmati.