Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Velopoygachilarimiz “Sharjah-2022″da yuqori natijalarni qayd etmoqda

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida o’tkazilayotgan “Tour of Sharjah-2022” ko’p kunlik velopoygada mamlakatimizning “Tashkent city professional velosport team” jamoasi munosib ishtirok etmoqda.

Avvalgi poygalarda hamyurtimiz Aleksey Fomovskiy “Eng yosh poygachi” yo’nalishida munosib natijaga erishgan bo’lsa, uning jamoadoshi Dmitriy Bocharov uchinchi o’rinni egalladi.

Hamyurtlarimiz Edem Eminov va Damir Zabirov mos ravishda 7 va 9-pog’onalarni egallab, kuchli o’nlikda qayd etildi.

Vakillarimizning shijoati tufayli umumjamoada o’zbekistonliklar Malayziya professional velosport jamoasidan keyingi 2-o’ringa ko’tarilib olishdi.

Uchinchi kungi poygalar hisob-kitob qilinganda O’zbekiston jamoasi peshqadam malayziyaliklardan 7 soniyaga orqada qolmoqda.

O’z navbatida “Tashkent city professional velosport team” jamoasi eng yaqin ta’qibchisidan mos ravishda 54 va 34 soniyalik farq bilan oldinda bormoqda.

108 km. masofaga o’tkazilgan poyganing umumiy reytingi ham hayratlanarli. Fomovskiy eng kuchli o’nta velosipedchi qatoriga kirishga muvaffaq bo’ldi. U peshqadamdan atigi 35 soniya ortda qolgan holda 8-o’rinni egallab turibdi. Qolgan sportchilarimiz Ulug’bek Saidov-15, Akromjon Sunnatov-19, Dmitriy Bocharov-28, Damir Zabirov-32 va Edem Eminov-34 pag’onalarni band etishgan.

Velosport bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Gleb Groysmanning e’tiroficha, mamlakatimiz velosportchilari mazkur nufuzli musobaqada ilk bor qatnashishiga qaramasdan chinakam qahramonlik ko’rsatishmoqda. Ularning ko’rsatkichlari mo’jiza. Murakkab bahslardagi vaqt orasidagi tafovut, eng og’ir tog’ bosqichlaridan o’tish va boshqa omillar sportchilarimizning matonatidan dalolatdir deb xabar bermoqta O’zbekiston Milliy axborot agentldigi.

Filial Matbuot xizmati.