Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Profilaktik tadbir davomida keng tushunchalar berdi

 

  O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ZOOM dasturi orqali O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishta muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi bilan  hamkorligida fevral oyi – «Yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi» doirasida “Yoshlar o’rtasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” tezkor-profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

          Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishta muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari va «Sport turlari»  fakulteti «Yoshlar masalalari bo’yicha» dekan o’rinbosari K.Qulmuratov va  tyutor Bahodir Orazimbetov o’z uyidan turib ota-onasi va yaqinlari bilan onlayn qatnashayotgan talabalarning yashash joyiga ham bordi.

        Ularning holidan xabar olib “ Giyohvand moddalar va ularning yoshlar orasida tarqalishiga qarshi kurashish zarurligi” haqida tushunchalar berdi  va tadbirlarda  faol ishtiroki uchun 2-kurs suzish yo’nalishi talabasi Erbol Maxsetbaevga esdalik sovg’alarin berishdi.

Filial Matbuot xizmati.