Xitoylik do‘stlarimiz filialga kitob sovg‘a qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Mambetnazarov, professor-o‘qituvchilardan M.Ramazanov va A.Yakupbayevlar rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Filial delegatsiyasi a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Shixetszi universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekan o‘rinbosari Lu Pen bilan uchrashdi. Uchrashuvda ular ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, do‘stlik va akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘quv va o‘quv-metodik materiallar almashish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Hamkorlik bo‘yicha olib borilgan muzokaralardan so‘ng Shixetszi universiteti Jismoniy madaniyat va sport fakulteti dekan o‘rinbosari Lu Pen tomonidan o‘n besh nomdagi kitoblar filial uchun topshirildi.
Filial Matbuot xizmati.