Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga qatag‘on qurbonlari haqida tushunchalar berildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarni davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan insonlarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida «Ilm va ma’rifat nurini tarqatgan ulamo» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi Rahmatjon Aminov talaba-yoshlarga o‘sha davrda qatag‘on qurboni bo‘lgan Salmen eshon Kamol o‘g‘lining hayoti va uning hayot yo‘li haqida keng tushunchalar berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

«Ilm va ma’rifat nurini taratgan ulamo» mavzusidagi uchrashuvdan so‘ng talabalar tyutorlar rahbarligida Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohatga bordi va Salmen eshon Kamol o‘g‘lining qabrini ziyorat qildi.

Filial Matbuot xizmati.