Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar shoir bilan uchrashdi

Filialning Axborot-resurs markazida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Baxiti Saribayev ishtirokida «Shoirlikda tanilgan iste’dod» mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni Axborot-resurs markazi kutubxonachisi G.Sadatdinova olib bordi va tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsadini aytib, ishtirokchilarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi.

So‘zga chiqqan shoir Baxitli Saribayev talabalarga o‘zining hayot yo‘li, ijodi, she’rlarining yaratilish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib berdi. Ishtirokchilar shoirdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Tadbir yakunida shoir Baxitli Saribayev o‘zining yangi to‘plamini filial axborot-resurs markaziga topshirdi va undan har bir talaba ushbu kitoblarni o‘qish orqali shoir ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Filial Matbuot xizmati.