Filial talabalari chempionlar safidan joy oldi

Joriy yilning 18-21 iyun kunlari Toshkent shahrida sportning para badminton turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tgan edi.
Yuqori saviyada o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar ishtirok etdi. Chempionlik uchun qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabalari bo‘lgan Raxat Orazbaev, Roza Turg‘anbaeva, Dilfuza Biysenbaeva, Naima Polatovalar 1-o‘rinni egalladi, Ra’no Ibrohimova 2-o‘rin va Sardorbek Ibrohimov 3-o‘rin g‘oliblari bo‘ldi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan Diplom va medal bilan taqdirlandi.
Talabalarni musobaqaga murabbiylardan Rasul Otajonov tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.