Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Nukusda talaba-yoshlarni birlashtirgan «Talaba-FEST» festivali bo‘ldi

Bugun, 24-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Nukus shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida «Talaba-FEST» festivali bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, ularning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biri sifatida yuqori darajada tashkil etilgan «Talaba-FEST» festivalida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.

Festival doirasida «Robotexnika,» «Eng mazali taomlar,» «Eng yaxshi liboslar» ko‘rgazmasi, «Eng yaxshi plakatlar» tanlovi, «Zakovat,» «Ibrat» debat intellektual o‘yinlari, Sport musobaqalari va boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun filial talaba-yoshlari tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.